Понедельник, 23.06.2025, 11:34
Xush kelibsiz Гость | RSS

SAYT MENYUSI
OTM
ABITURIYENT
VALYUTA KURSI
OB-HAVO
KUZATIB BOR
       счетчик посещений
BAHAM KO'RISH
SMS YUBORISH
GazetaBeeline   UzMobile

Блог

Главная » 2013 » Август » 21 » TOSHKENT TIBBIYOT-PEDIATRIYA INSTITUTI
01:45
TOSHKENT TIBBIYOT-PEDIATRIYA INSTITUTI

Pediatr.jpg


Dunyodagi butun mavjudot farzandi uchun yashaydi. Farzandi uchun borini beradi. Ayniqsa, insoniyat uchun farzandning sog‘lom rivojlanishi juda ham muhim. Aksiga olib yosh bolalar juda tez kasalikka chalinishadi. Bu esa bolalar shifokoriga bo‘lgan talabni oshirib yuboradi. Farzandlarimizning sog‘lom va barkamol  bo‘lib voyaga yetishi uchun ularning  o‘rni katta. O‘zbekiston pediatriya instituti ana shunday mutaxasislarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtidir.  

Bolalar  shifokorligi kasbi juda murakkab va  mas’uliyatli  bo‘lganligi sababli ham talabalarning boshqa institutlardagi  tengdoshlariga nisbatan ko‘proq o‘qishlari, bilim olishlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur oliy o‘quv yurtiga 2012-2013-o‘quv yili uchun 400 ta talaba qabul qilindi. Shulardan 304 tasi milliy yo‘nalishga, 96 tasi esa rus tili yo‘naliishiga. Ushbu yo‘nalishlar va ularning qabul kvotalari haqida esa quyida kengroq ma’lumot berishga harakat qilamiz:

1. Pediatriya yo‘nalishi.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek, farzandlarimizning sog‘lig‘ini, davolash muolajalarini,  emlashlarni, qo‘yingki, bolaning sog‘lom ulg‘ayishini ta’minlashni aynan shu yo‘nalish mutaxassislari  o‘z  zimmalariga oladilar. Shu bilan birga, ularning zimmasidagi mas’uliyat  boshqa hamkasblarinikiga  ko‘ra ko‘proq tosh bosadi. Zero pediatrlarning  qo‘lida qaysidir oilaning, millat yoki  Vatanning kelajagi davolanadi.   


Ushbu yo‘nalishga 2012-2013-yilgi qabul paytida 1841 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Ulardan 97 nafari  davlat granti asosida, 131 nafari esa  to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.  

Pediatriya yo‘nalishi talabasi bo‘lish uchun abituriyentlar biologiya, kimyo hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshirishadi. Ushbu yo‘nalish bakalavrlari 7 yil davomida kasbi sirlarini o‘rganishadi. 

2. Davolash ishi yo‘nalishi. Ushbu yo‘nalishda umumiy tibbiyot sirlaridan saboq beriladi.  Talabalar magistraturada meditsina sohasining yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin. Masalan, ko‘z shifokori, quloq, tomoq va burun mutaxassisi kabi. Lekin  bakalavr bosqichida hamma  talabalar inson salomatligining barcha sohalarini o‘rganishadi. 

Davolash ishi yo‘nalishi talabasi bo‘lish uchun ham biologiya, kimyo hamda ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon topshiriladi. Mazkur yo‘nalishda ham bakalavr bosqichi  ta’limi 7 yil davom etadi. Keyin yana  uch yil tahsil olib, magistr darajasiga  ega bo‘lish  mumkin.  

Joriy o‘quv yili uchun ushbu yo‘nalishga 377  nafar abituriyent hujjat topshirib, ulardan 15 nafari  davlat granti asosida, 22 nafari esa  to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.  

3. Oliy malakali hamshiralik yo‘nalishi.  Hamshiralar tibbiyot sohasida eng zarur mutaxassis  hisoblanadi. Ularning vazifalari shifokorlarga yordamlashishdir. Lekin  hamshiralardan  ham hakimlik bilimlari talab qilinadi. Amaliyotda ushbu kasb egalarining  kichik xatolari  katta oqibatlarga  ham olib kelganligi ma’lum.  Shu bois ham bu yo‘nalish talabalaridan qunt bilan ilm olish va ularni amaliyotda bexato qo‘llash talab qilinadi.  

Oliy malakali hamshiralar, oddiyroq qilib  aytganda, katta hamshiralarga rahbarlik qilishadi. Lekin ushbu yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun abituriyentlar tibbiyot kolleji diplomiga ega bo‘lishlari lozim.  

Mazkur yo‘nalishga 2012-13-o‘quv yilida 337 nafar abituriyent hujjat topshirib, ulardan 11 nafari davlat granti asosida,  15 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.  

Ushbu   yo‘nalish talabasi bo‘lish uchun abituriyentlar biologiya (3,1) hamda ona tili va adabiyot (1,1) fanlaridan test topshirishadi va hamshiralik ishi bo‘yicha ijodiy ish sinovidan ham o‘tishadi. Bu yo‘nalish  bakalavriatida ta’lim 3 yil davom etadi.

4. Kasb ta’limi(tibbiy-pedagogik ish). Kasb ta’limi haqida avvalroq ham aytib o‘tganimizdek, qaysidir sohani kelajak avlodga o‘rgatadigan murabbiylar yetishib chiqadi. Pedagogika sohasida o‘qituvchilik yo‘nalishida o‘qigan talabalar maktab, litsey va kollej talabalariga mashg‘ulot o‘tishsa, bu soha vakillari tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida dars berishadi. 

Bu yo‘nalish talabalari ham biologiya, kimyo hamda ona tili adabiyot fanlaridan imtihon topshirishadi.  

Ushbu yo‘nalishga joriy o‘quv yilida 337 ta abituriyent hujjat topshirib, ulardan 11 nafari davlat granti asosida, 15 nafari to‘lov-shartnoma asosida talabalar safiga qabul qilingan. 

Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlar Navoiy ATM o‘qituvchilari tomonidan to‘plangan.

Просмотров: 1013 | Добавил: Urazbaev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
KONIMEX 2025